"Inter" hujumchisi Lautaro Martines jamoa bilan shartnomasini uzaytirishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Inter" bilan shartnomamni uzaytirishga yaqinman, muzokaralar davom etmoqda. Bu vaqt masalasi. Kelgusi oylarda shartnoma imzolaymiz", — dedi Martines.
Martines "Inter"da 2018 yildan beri o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda forvard “neradzurrilar” safida barcha musobaqalarda 24 ta o‘yin o‘tkazib, 18 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portaliga ko‘ra futbolchining taxminiy narxi 110 million yevroni tashkil qiladi.