Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/07 20:00 Neftchi 2-1 Buxoro
16/07 20:00 Bunyodkor 1-3 Nasaf
16/07 20:00 So‘g‘diyona 2-0 Xorazm
17/07 20:00 Navbahor - OKMK
17/07 20:00 Mash’al - Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor - Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon

Enrike: "Katta jamoada bo‘lsangiz, bu normal holat"

Enrike: "Katta jamoada bo‘lsangiz, bu normal holat"

Baho:
+ | -

"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike o‘ziga kam vaqt berilishidan norozi bo‘lgan futbolchilar haqida gapirdi.

“Katta jamoada bo‘lsangiz, bu normal holat. Men bunga ahamiyat bermayman. Har bir pozisiya uchun ikkitadan o‘yinchidan iborat ajoyib tarkibga egamiz.

Kimdir kam o‘ynashi aniq, lekin ular doim borini berishlari kerak", - deya Enrikening so‘zlarini keltirmoqda RMC Sport.

Mutaxassis o‘z jamoasining norozi o‘yinchilaridan qayg‘urmasligini qo‘shimcha qildi.

Ayni damda "PSJ" Fransiya Liga 1 turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. O‘tkazilgan 17ta o‘yindan so‘ng Enrike shogirdlari hisobida 40 ochko bor.

Ikkinchi o‘rinda 35 ochko to‘plagan "Nissa" joylashgan bo‘lsa, "Monako" 33 ochko bilan kuchli uchlikni yakunlab turibdi.

"PSJ" navbatdagi o‘yinini 7 yanvar kuni Fransiya kubogi 1/32 doirasida "Revel" klubiga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 22:29, 06.01.2024.
O'qildi: 917 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик