«Union» himoyachisi Leonardo Bonuchchi jamoani tark etishga yaqin turibdi. Uning germaniyaliklar bilan shartnomasi yozda yakuniga yetsa-da, italiyalik futbolchi qishda boshqa jamoaga o‘tishni istamoqda.
Bonuchchiga Turkiyaning «Fenerbaxche» klubi qiziqish bildirmoqda. Transfer yanvar oyida amalga oshishi mumkin.
Avvalroq Bonuchchi faoliyatini «Roma»da davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.