«Barselona» klubi rahbariyati himoyachi Ronald Arauxoga hozirgiga nisbatan yaxshiroq shartnoma taklif etayotgan bo‘lsa-da, futbolchi shartnomani uzaytirishga shoshilmayapti.
Ayni paytda «Bavariya» ugurvaylik futbolchiga qiziqish bildirmoqda va uni yozgi transfer paytida qo‘lga kiritmoqchi. "Barsa" esa o‘z futbolchisi bilan yangi shartnoma imzolab, uni o‘z safida olib qolmoqchi.
Agar Arauxo "Bavariya"ga o‘tishni istasa, kataloniyaliklar uning transferi uchun 100 million yevro talab qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Arauxoning «Barselona» bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan. U jamoada eng kam maosh oladigan futbolchilardan biri hisoblanadi.