Brunu Fernandesh 7 o‘yindan buyon o‘yinlarda na gol, na assist amalga oshirmayotgan edi.
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Angliya kubogi doirasida "Uigan"ga qarshi o‘yinda o‘zi ishlagan penaltini aniq amalga oshirdi.
Bu portugaliyalikning 8 o‘yindagi ilk foydali harakati bo‘ldi. Brunu oxirgi marta 29 noyabr kuni Chempionlar Ligasida “Galatasaroy” bilan 3:3 hisobidagi durangli o‘yinda gol urgan yoki assistentlik qilgandi.