Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Shahram G‘iyosov, Murodjon Ahmadaliyev va Bektemir Meliqo‘ziyev. 2024 yilning dastlabki 3 oyida o‘z janglarini o‘tkazadigan professional bokschilar

Shahram G‘iyosov, Murodjon Ahmadaliyev va Bektemir Meliqo‘ziyev. 2024 yilning dastlabki 3 oyida o‘z janglarini o‘tkazadigan professional bokschilar

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

2024 yilning dastlabki 3 oyida o‘zbekistonlik professional bokschilarni muhim janglar kutib turibdi.

Professional boks assosiasiyasi yanvar, fevral, mart oylarida bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan muhim janglarga to‘xtalib o‘tdi.

2024 yilda o‘zbekistonlik bokschilar ishtirokidagi chempionlik janglariga ham guvoh bo‘lamiz. Otabek Xolmatov 2 mart kuni vakant bo‘lib qolgan WBA kamari uchun amerikalik Raymon Fordga qarshi ringga ko‘tariladi. Chempionlik jangiga AQSHning Nyu-York shtati, Verona shahri mezbonlik qiladi. Top Rank promouterlik kompaniyasi 317 500 dollar evaziga ushbu jangni tashkil etish huquqini qo‘lga kiritgan.

Shahram G‘iyosov 24 fevral kuni AQSHning Orlando shahrida tashkil etiladigan prof boks oqshomida ringga chiqadi. Shu kuni unga meksikalik Pablo Sezar Kano raqiblik qiladi. Jang g‘olibi WBA kamari uchun rasmiy da’vogarga aylanadi.

Olimjon Nazarov va Abdurasul Ismoilov 13 yanvar kuni Janubiy Koreyaning Incheon shahrida Cocky Buffalo promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan oqshomda navbatdagi janglarini o‘tkazadi. O‘ta yengil vazn toifasida WBO Oriental kamari sohibi Olimjon Nazarov (28-5-0) xitoylik Vulan Tuolexazi (15-5-2) bilan jang qiladi. Birinchi yarim o‘rta vazn toifasidagi Abdurasul Ismoilovga (10-2-0) esa yana bir Xitoy vakili Veyvey Liu (4-2-0) raqiblik qiladi.

Shuningdek, Murodjon Ahmadaliyev kamarlarini qaytarib olish 2024 yilning birinchi choragida ringga chiqadi. Bektemir Meliqo‘ziyev ham joriy yilda chempionlik kamari uchun jang o‘tkazishi kerak.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:38, 09.01.2024.
O'qildi: 1711 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.