"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Roy Kin jamoaning hozirgi muammolari haqida gapirdi.
“Qizil iblislar” 20-turdan so‘ng APL turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinni egallab, yevrokuboklardan ham chiqib ketishdi.
Bugun Erik ten Xag jamoasi Angliya kubogi doirasida "Uigan" bilan uchrashdi.
"Men "Manchester Yunayted"ni normal jamoadek o‘ynayapti deb o‘ylamayman. Menimcha, bu individual iqtidorli futbolchilar to‘plami, ammo ularni jamoa deb atash mumkin emas.
Ularda nimadir noto‘g‘ri", - dedi mashhur irlandiyalik sobiq yarim himoyachi.