Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Agent: "Donnarumma bilan Menyanni solishtirib bo‘lmaydi"

Agent: "Donnarumma bilan Menyanni solishtirib bo‘lmaydi"

Baho:
+ | -

"PSJ" va Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluidji Donnarumma manfaatlarini himoya qiluvchi agent Enso Rayola mijozi dunyoning eng yaxshi darvozaboni ekanini ta’kidlab, futbolchi o‘z vaqtida "Real" bilan shartnomadan bosh tortganini aytdi.

Donnarumma shartnomasi 2021 yilda tugashi sababli "Milan"ni tark etdi va "PSJ"ga erkin agent sifatida qo‘shildi. Donnarummaning "Milan" darvozasidagi o‘rnini fransiyalik Mayk Menyan egalladi.

"Milan" kutishni istamadi, shuning uchun ular xuddi biz kabi qaror qabul qilishdi. Menyan juda yaxshi o‘ynaydi. U Fransiya terma jamoasining asosiy posboni va Italiyada ko‘p yutuqlarga erishdi.

Biroq, uni Donnarummadan yaxshiroq deb aytmagan bo‘lardim. Men bo‘rttirib aytmoqchi emasman, lekin menimcha, ularni hozir solishtirib bo‘lmaydi. Donnarumma dunyoning eng yaxshi darvozaboni, u bilan ishlagan barcha darvozabonlar murabbiylari shunday deyishadi. Ular uchun u erishib bo‘lmaydigan iste’dod. "Real" uni 17 yoshida xohlagan edi, biroq u klub kuboklar kabinetini ko‘rib, uni "Milan" foydasiga rad etdi", - dedi Rayola DAZN bilan suhbatda.

Kiritildi: 19:55, 09.01.2024.
O'qildi: 1114 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик