Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi hujumchisi Sadio Mane uylandi.
U Oysha Tamba ismli 18 yoshli qizni o‘z nikohiga oldi. Nikoh marosimi 7 yanvar, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Ular ikki yil avval tanishgan bo‘lib, 31 yoshli futbolchi jurnalistlardan shaxsiy hayotini yashirishga muvaffaq bo‘ldi.