Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Filip Ivanovich: “Biz juda yaxshi jamoa ekanligimizni namoyish etdik”

Filip Ivanovich: “Biz juda yaxshi jamoa ekanligimizni namoyish etdik”

Baho:
+ | -

"Navbahor"ning serbiyalik 31 yoshli tajribali himoyachisi Filip Ivanovich futbolchilik faoliyati davomida 2018-2021 yillarda Ozarbayjonning “Sabah” (Masazir) klubida to‘p tepib, mazkur jamoa a’zolarini sardor sifatida maydonga olib tushgan va ozarbayjonlik futbol muxlislariga ham yaxshi tanish.

Shu bois, Ozarbayjonning azerisport.com muxbiri Yusif Aliyev Filip Ivanovichdan intervyu oldi.

Quyida mazkur suhbatning “Navbahor” hamda yurtimiz futboliga oid qismlarini e’tiboringizga havola etamiz.

- Filip, avvalo, Sizni jamoangiz Osiyo Chempionlar ligasi 1/8 finaliga chiqqani bilan tabriklaymiz. O‘zbekistondagi faoliyatingiz yaxshi kechayotganga o‘xshaydi...

- Tabrik uchun rahmat. Ha, hammasi yaxshi kechmoqda. Biz muvaffaqiyatga erishish, bizga bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qilamiz.Garchi guruhimiz ancha kuchli bo‘lsa-da, keyingi bosqichga yo‘l olishga muvaffaq bo‘ldik.

- “Navbahor”ning guruhidan Neymar va Aleksandr Mitrovich singari futbolchilarga ega Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasi ham joy olgandi. Bunday taniqli futbolchilarga qarshi o‘ynash qanday bo‘ldi?

- Menga Chempionlar ligasida shunday futbolchilarga qarshi o‘ynash ham zavq, ham katta tajriba berdi. Biz juda yaxshi jamoa ekanligimizni namoyish etdik. Safarda “Al-Hilol”ga qarshi kechgan bahsda g‘alaba qozonishga juda yaqin turgandik. Biroq, raqib oxirgi daqiqalarda hisobni tenglashtirdi. Boshqa uchrashuvlarda ham yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Natijada peshqadam “Al-Hilol”dan bor-yo‘g‘i 3 ochko ortda qolib, guruhdan chiqdik.

“Pley-off” bosqichida Karim Benzema, N`Golo Kante va Fabinyolar to‘p tepadigan Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubi bilan to‘qnash kelishimizdan xabaringiz bo‘lsa kerak. Ushbu bosqichda biz zafar quchish uchun qo‘limizdan kelganicha harakat qilamiz.

- Sizga Ozarbayjondan ham takliflar bo‘ldimi?

- “Navbahor” klubi bilan tuzilgan shartnomam joriy mavsum oxirigacha amal qiladi. Chempionlar ligasining 1/8 finaliga chiqdik. Shu bois, jamoani o‘zgartirish niyatim yo‘q. Butun e’tiborimni “Navbahor” ishtirokidagi o‘yinlarga qaratganman.Boshqa yerga ketishni xayolimga ham keltirmayman.

- Ozarbayjon va O‘zbekiston chempionatlarini taqqoslay olasizmi?

- Rostini aytsam, taqqoslashni istamayman. Boisi, futbol har kuni rivojlanmoqda. Butun dunyoda futbol o‘ynashni bilishadi.

Ta’kidlash joizki, Ozarbayjon va O‘zbekiston chempionatlarida to‘p tepish men uchun katta tajriba. Qolaversa, ushbu mamlakatlar ligalarida o‘ynash maroqli.

Kiritildi: 16:45, 10.01.2024.
O'qildi: 1684 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.