Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Futzal. O‘zbekiston U20 terma jamoasi ikkinchi o‘yinda Portugaliyaga yutqazdi

Futzal. O‘zbekiston U20 terma jamoasi ikkinchi o‘yinda Portugaliyaga yutqazdi

Baho:
+ | -

Futzal bo‘yicha U-20 terma jamoamiz Portugaliyadagi yig‘in doirasida mezbonlarga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi. Tengma-teng kechgan bu galgi bahsda mezbonlarning qo‘li baland keldi.

To‘rtta gol urilgan birinchi bo‘limdan so‘ng hisob teng edi — 2:2. Ikkinchi bo‘lim tugashiga 5 daqiqa qolganida futzalchimiz raqib posboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib, imkoniyatdan foydalana olmadi. Oradan bir daqiqa o‘tib esa portugaliyalik oldinga chiqib olishdi.

Uchrashuv so‘ngida bosh murabbiyimiz Shuhrat Tojiboyev o‘ynovchi-darvozabon taktikasini ishga soldi. Jamoamiz yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘lib, ulardan foydalana olmadi. Bahs tugashiga bir necha soniya qolganida esa Portugaliya posboni bo‘sh darvozamizga to‘pni yo‘llab, hisobni 4:2 ko‘rinishga keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, bir kun avval o‘tkazilgan ilk o‘yinda 3:3 hisobi qayd etilgandi.

Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi
Portugaliya U20 - O‘zbekiston U20 - 4:2 (2:2)
Gollar: Leonildo Injai (5), Afonso Mourina (17), Eduardo Tchuda (36), Francisko Enrikes (40) — Asilbek Vafoyev (4), Amin Sviridov (19).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:58, 11.01.2024.
O'qildi: 1984 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.