Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

"Andijon"da ilk bor...

"Andijon"da ilk bor...

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, kecha “Superliga-2023”ning eng yaxshi futbolchisi sifatida "Andijon" legioneri Rubin Xebay e’tirof etildi. Bu barcha andijonliklarni quvontirgani rost. Ushbu transfer jamoaga har tomonlama foyda keltirgani fakt.

Yana bir jihatga e’tiboringizni qaratmoqchimiz, yilning eng yaxshisini aniqlash va uni e’lon qilishda ikkita yo‘nalish mavjud. O‘zbekistonning va Superliganing eng yaxshisi! 2023 yilda Xebay Superliganing eng yaxshi futbolchisi, Abbos Fayzullayev esa O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi. Chempionatning eng yaxshilarini aniqlash jarayoni 2018 yildan boshlab ta’sis etilgan.

Shunday ekan, “Andijon” futbol klubi a’zosi milliy chempionatlarimiz tarixida ilk bor eng yaxshi futbolchi sifatida e’tirof etildi. Bu borada jamoa va Xebay o‘ziga xos e’tirofga sazovor bo‘ldilar.

Qolaversa, “Andijon” bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov bilan Rubin Xebay “Superliga-2023”ning ramziy terma jamoasidan joy olganini ham eslatib qo‘ymoqchimiz.

Shuningdek, “Andijon” 2022 yili pro liga g‘olibligini qo‘lga kiritgach, jamoaning o‘sha paytdagi bosh murabbiyi Viktor Kumikov pro liganing eng yaxshi murabbiyi sifatida e’lon qilingan.

Chempionatimizning eng yaxshi futbolchilari:

2018 — Tyago Bezerra (Paxtakor)
2019 — Dragan Cheran (Paxtakor)
2020 — Jaloliddin Masharipov (Paxtakor)
2021 — Xusayn Norchayev (Nasaf)
2022 — Jamshid Iskanderov (Navbahor)
2023 — Rubin Xebay (Andijon).

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 19:30, 11.01.2024.
O'qildi: 3894 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик