Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon 0-0 Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro 2-1 Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 - Surxon
03/08 20:00 OKMK - Nasaf
03/08 20:30 Dinamo - Neftchi

"Osasuna" himoyachisi: "Hakam "Barselona" foydasiga qaror chiqardi"

"Osasuna" himoyachisi: "Hakam "Barselona" foydasiga qaror chiqardi"

Baho:
+ | -

"Osasuna" himoyachisi David Garsiya hakamning "Barselona"ning g‘alaba golini hisoblash qarorini tanqid qildi.

Ispaniya Superkubogi yarim finalida Robert Levandovski 59-daqiqada hisobni ochdi. "Osasuna" futbolchilari Andreas Kristensen goldan oldin Xose Arnaisga qo‘pollik ishlatganini aytishdi. Biroq hakam Alexandro Muniz golni hisoblashga qaror qildi. Uchrashuv 2:0 hisobida "Barselona" foydasiga hal bo‘ldi.

- Levandovskining goli haqida nima deya olasiz?

- Men golga qaradim. Birinchi bo‘limda "Barselona" foydasiga qancha shunga o‘xshash qo‘polliklar qilinganini hamma ko‘rdik.

Bu juda aniq. Levandovskining golidan oldin aniq qoidabuzarlik bo‘ldi. Oradan uch daqiqa o‘tib, xuddi shunday qoidabuzarlik bo‘ldi, lekin hakam boshqa tomonga hushtak chaldi.

Tasodifmi yoki yo‘qmi, bu qoidabuzarliklar sodir bo‘lganda, ular bir tomonga qaror chiqardi. Men populist bo‘lishni xohlamayman, lekin bu aniq edi" - dedi David Garsiya.

Kiritildi: 07:27, 12.01.2024.
O'qildi: 2465 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик