Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

"Andijon"ning Turkiya yig‘inida navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

"Andijon"ning Turkiya yig‘inida navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

2024 yilgi futbol mavsumiga tayyorgarligini bosqichlarga bo‘lib chiqqan holda uning dastlabkisini qo‘shni Tojikistonda olib borayotgan “Andijon” jamoasi rejaga asosan yig‘inini bir maromda davom ettiryapti.

Oldin xabar berib o‘tganimizdek, “Burgutlar”ning Tojikistondagi yig‘ini 19 yanvarga qadar davom etadi va 24-sanada tayyorgarlikning navbatdagi bosqichi uchun Turkiyaning Antaliya shahriga yo‘l oladi. U yerda bir qator xorij klublariga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkaziladi.

Jamoaning Antaliyadag o‘tkazadigan nazorat o‘yinlari uchun yana bir raqib aniq bo‘ldi. 12 fevral kuni “Andijon” Ruminiyaning “Korvinul Xunedoara” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Ma’lumot uchun. Bu klub Ruminiyada liga-2 da ishtirok etadi va hozirda 20 ta klub orasida 31 ochko bilan musobaqa jadvalida 2-o‘rinda boryapti. “Korvinul Xunedoara” Ruminiya Kubogida o‘z yurishini davom ettiryapti. Klub o‘z guruhida yetakchi bo‘ldi va endi 1/4 finalda “CHFR Kluj”ga qarshi maydonga tushadi. Jamoaga esa 41 yoshli mahalliy mutaxassis Florin Maksim bosh murabbiylik qilmoqda.

“Andijon”ning undan oldingi raqibi ham Ruminiyadan bo‘lib, aynan liga-2 qatnashchisi "CSC 1599 Selimbar" edi. Qizig‘i, ushbu klub chempionatda peshqadamlik qilyapti. Demakki, liga-2 ning dastlabki ikki o‘rnini egallab turgan klublar "Andijon"ning sparring-raqibiga aylanadilar.

Eslatib o‘tamiz, bungacha “Andijon”ning Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasi (27 yanvar), SSKA (Rossiya, 1 fevral), "Chernomores"  (Ukraina, 4 fevral), "CSC 1599 Selimbar" (Ruminiya, 4 fevral) hamda  "Aleksandriya" (Ukraina, 12 fevral)ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari bo‘lib o‘tishi to‘g‘risida xabar bergandik. Endi ularning orasida 12 fevral sanasida “Korvinul Xunedoara”ga qarshi bellashuv ham qo‘shildi. Reja bo‘yicha Antaliyada 7 ta uchrashuvi o‘tkazilishi belgilangan va ularning oltitasi ma’lum bo‘lib ulgurdi.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 10:15, 13.01.2024.
O'qildi: 1384 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.