Germaniya chempionatining 17-turidan o‘rin olgan o‘yinda (3:0) Xarri Keyn "Xoffenxaym" darvozasini ishg‘ol qildi.
"Bavariya" forvardi Bundesliganing birinchi davrasida 22 ta gol urib, myunxenliklarning sobiq hujumchisi Robert Levandovskining 2020/21 yilgi mavsumda o‘rnatgan rekordini takrorladi.