"Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri jamoasi yozda asosiy futbolchilarini sotishni rejalashtiryaptimi yoki yo‘qligini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, Birmingem klubi endilikda Angliya premyer-ligasida ikkinchi o‘rinda bormoqda.
“Biz moliyaviy feyr-pley qoidalariga rioya qilgan holda ishlaymiz. Shu bilan birga, futbolchilarni sotishga to‘g‘ri kelsa, jamoaviy salohiyatimizni yo‘qotmasligimizga ishonchimiz komil bo‘lishi kerak.
Biz moliyaviy feyr-pleyga rioya qilgan holda asosiy o‘yinchilarni saqlab qolishga harakat qilamiz”, dedi "Aston Villa" menejeri matbuot anjumanida.
Avvalroq, hujumchi Olli Uotkins yozda Birmingemni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.