Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche 2-1 Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal 2-1 Elche
08/03 19:00 Bolonya 1-2 Verona
08/03 19:00 Fiorentina 0-0 Parma
08/03 20:15 Xetafe 2-0 Betis
08/03 22:00 Jenoa 2-1 Roma
08/03 22:30 Sevilya 1-1 Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio - Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol - Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor

Osiyo kubogini durang bilan boshladik

Osiyo kubogini durang bilan boshladik

Baho:
+ | -

Osiyo kubogining "B" guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Suriya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi.

O‘zbekistonni yaxshi bilgan Ektor Kuper birinchi bo‘lim davomida yaxshi mudofaa qo‘rg‘onini yuzaga keltirdi. Katanesning ayrim rejalari esa ish bermadi. Jumladan, O‘runovning hujum markazida o‘ynashi samarasiz.

Ikkinchi bo‘lim boshida Fayzullayevning maydonga tushishi O‘zbekiston o‘yiniga biroz rang-baranglik qo‘shdi. Taym avvalida Shukurov qulay vaziyatdan darvozaga aniq zarba yo‘llay olmadi.

To‘p Abbosga borganida hujumlarimiz keskin tus ola boshladi. SSKA futbolchisi yo jamoadoshlarini qulay vaziyatga chiqara boshladi , yoki o‘z zarbalar berish payida bo‘ldi. Aniq yo‘llangan bir zarba natijasida Suriya posboni to‘pni qiyinchilik bilan maydondan tashqariga chiqarib yubordi.

83-daqiqada esa suriyaliklar kam sonli hujumlarning birini golga aylantirishdi. Hujumchi ofsayd holatida bo‘lgani uchun gol inobatga olinmadi.

O‘yin so‘ngida Sergeev bosh bilan aniq zarba berdi, biroq uni qaytarish raqib posboniga qiyinchilik tug‘dirmadi.

Shu tariqa, O‘zbekiston Osiyo kubogini durang bilan boshladi. Jamoamiz 18 yanvar kuni Hindistonga qarshi maydonga chiqadi.

Osiyo kubogining "B" guruhi, 1-tur
O‘ZBEKISTON - SURIYA - 0:0
O‘zbekiston: O‘tkir Yusupov, Hojiakbar Alijonov (Sherzod Nasrullayev 46), Rustam Ashurmatov, Umar Eshmurodov, Abduqodir Husanov, Farruh Sayfiyev, Odiljon Hamrobekov, Otabek Shukurov, Hojimat Erkinov (Abbos Fayzullayev 46), Oston O‘runov (Aziz Turg‘unboyev 90), Jaloliddin Masharipov (Igor Sergeev 73)
Suriya: Ahmad Madaniyah, Ayham Usou, Muayad al-Ajaan, Ezikiyel Ham, Pablo Sabbag (Fahd Yusuf 70), Ammar Ramadan, Toir Kruma, Jalil Elias, Ibrohim Xesar, Abdulrahmon Vayss, Mahmud al-Asvad (Umar Harbin 70)
Bosh hakam: Ahmad al-Kaf (O‘mon)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:34, 14.01.2024.
O'qildi: 2344 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.