Ispaniyaning Sport nashri "Barselona"dagi omadsizliklarga qisman Serxi Busketsning jamoada yo‘qligini sabab qilib ko‘rsatdi.
"Buskets ketgani klubga yomon ta’sir ko‘rsatmoqda chunki klub yetakchisiz qoldi, futbolchilar qanday harakat qilishni bilmaydi va jamoa tartibsiz bo‘lib qoldi. Klubda xozir yetakchi futbolchi yo‘q", - deb yozgan nashr.
Eslatib o‘tamiz, 35 yoshli futbolchi yozda "Inter Mayami"ga o‘tdi va 2025 yilgacha shartnoma imzoladi.