Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Qaysi soha Messini «The Best» sohibiga aylantirgani ma’lum bo‘ldi

Qaysi soha Messini «The Best» sohibiga aylantirgani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«The Best»-2023 tanlovi bilan qiziq holat. So‘rovnoma yakunida Lionel Messi va Erling Xoland bir xil ball to‘plashgan — 48 balldan. Mbappe hisobida esa 35 ball bilan uchinchi bo‘ldi. Bu ochkolar qanday hisoblangan? Avval shunga oydinlik kiritishga harakat qilamiz.

So‘rovnoma 4 toifa insonlari o‘rtasida o‘tkaziladi. FIFAga a’zo mamlakatlar terma jamoalar SARDORLARI (futbolchilar), BOSH MURABBIYLARI, o‘sha mamlakat futbol assosiasiyasi MATBUOT XIZMATI rahbari (a’zosi) va MUXLISLAR.

Muxlislar internet orqali bir nomzodga ovoz berdi. Ularning ovozlaridan so‘ng kuchli uchlik quyidagi ko‘rinishda bo‘ldi:

Messi — 613 293
Xoland — 365 893
Mbappe — 201 866.

Qolgan toifa vakillari har bir nominasiyaga 3 nafardan nomzod berishdi. FIFA esa 1-o‘rinda ko‘rsatilganlarga 5 ball, ikkinchi o‘rindagiga 3 ball va 3-o‘rindagi nomzodga 1 ball berdi.

Shundan so‘ng: har bir soha vakillari bergan ovozlar alohida hisoblanadi. Yakuniy o‘rinlar asosida nomzodlarga yana boshqatdan ball berib chiqiladi.

Masalan, sardorlari ovozlari natijasida shakllangan ro‘yxatdagilarga quyidagicha ball beriladi:

1-o‘ringa — 13 ball
2-o‘ringa — 11 ball
3-o‘ringa — 9 ball
4-o‘ringa — 8 ball
5-o‘ringa — 7 ball
6-o‘ringa — 6 ball
7-o‘ringa — 5 ball
8-o‘ringa — 4 ball
9-o‘ringa — 3 ball
10-o‘ringa — 2 ball
11-o‘ringa — 1 ball
12-o‘rin va undan pastdagilarga 0 ball beriladi.

Xudda shu tartibda murabbiylar, matbuot sohasi vakillari va muxlislarning ovozlari umumlashtiriladi hamda shu tarzda alohida ball beriladi.

Endi esa yakuniy natijalarga qaraymiz:

Ovoz beruvchilar natijalari ketma-ketlikda — sardorlar + murabbiylar + OAV + muxlislar = JAMI

1. Lionel Messi — 13 + 11 + 11 + 13 = 48 ochko
2. Erling Xoland —  11 + 13 + 13 + 11  = 48 ochko
3. Kilian Mbappe — 9 + 9 + 9 + 8  = 35 ochko



Ko‘rib turganingizdek, Messi va Xolandning ochkolari teng bo‘ldi. Tanlov reglamentiga ko‘ra, bunday holatda g‘olibni aniqlash maqsadida futbolchilar (terma jamoalar sardorlari) ovozlari qayta ko‘rib chiqiladi. Bunda 1-o‘rinda eng ko‘p qayd etilgan futbolchi g‘oliblikni qo‘lga kiritadi. Natija esa: Messi 107 ta holatda, Xoland esa 64 ovoz beruvchida birinchi o‘rinda ko‘rsatilgan.

Demak, Leo — g‘olib!

Xulosa, futbolchilar (terma jamoalar sardorlari) va muxlislar Lionel Messini "The Best" g‘olibiga aylantirishdi.

Manba: @futbol_qoidalar

Агар мураббийлар танловида тенглик юзага келганида, мураббийлар берган овозлар қайта ҳисобланиб, ғолиб аниқланарди.

Kiritildi: 09:36, 16.01.2024.
O'qildi: 4676 marta.
Fikrlar: 47 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.