"Roma" ijtimoiy tarmoqlarda Italiya klubini tark etgan bosh murabbiy Joze Mourino bilan xayrlashdi.
"Barchamizdan rahmat, Joze!", - deyiladi Rim klubi X.com ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, bugun “Roma” Joze Mourinyoni jamoa bosh murabbiyligidan bo‘shatgani ma’lum bo‘ldi. Italiya chempionatining 2023/2024-yilgi mavsumi 20-turidan so‘ng “bo‘rilar” 29 ochko jamg‘arib, 9-o‘rinda bormoqda edi.