Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Liga stadionlar agronomlari bilan maydonlar masalasida uchrashuv o‘tkazdi

Liga stadionlar agronomlari bilan maydonlar masalasida uchrashuv o‘tkazdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Kecha — 15-yanvar kuni Superliganing 2024-yilgi mavsumiga mezbonlik qiladigan stadionlar nomiga oydinlik kiritilgandi.

Xabar chiqqan bir vaqtda Liga stadionlar agronomlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Sifatli maydonga ega bo‘lish oson jarayon emas. Shuningdek, maydonni sifatli ko‘rinishda saqlay olish yanada murakkab vazifa hisoblanadi. Shunga qaramay, ayrim futbol klublari mazkur masalaga bepisand munosabatda bo‘lib kelmoqda. Jumladan, Buxoro va Andijon shaharlaridagi stadionlarni qisqa vaqt ichida yangisiga almashtirishga to‘g‘ri keldi. Masalaga noto‘g‘ri yondoshuv, soha mutaxassislarining yetishmovchiligi va ayniqsa, futbol klublarida faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning o‘z vazifasiga yondoshuvi bir necha milliard isrof bo‘lishiga olib keladi.

"Lokomotiv" stadioni 2024-yilning ikkinchi yarmidan Superliga o‘yinlarini qabul qila olmaydi
Uchrashuv davomida quyida masalalar muhokama qilindi:

• futbol maydonini Liga talab qilayotgan ko‘rinishda saqlab turish uchun u yil davomida qanday parvarish qilinishi lozim;
• futbol maydoni parvarishi uchun unga qanday va minimum necha nafar mutaxassis biriktirilishi lozim;
• futbol maydoni rasmiy uchrashuv oldidan qanday tayyorlanishi va o‘yindan keyin nimalarga e’tibor qaratilishi lozim;
• ehtimoliy kuz-bahor mavsumiga o‘tish jarayonida maydonlar holati yuzasidan nimalarga e’tibor qilish lozim.

Zamonaviy futbol maydonlarini yil davomida yaxshi holatda ushlab turish uchun ma’lum miqdorda harajat qilinadi. Misol uchun, Yevropaning mashhur stadionlari parvarishi uchun qancha mablag‘ sarf etilishini o‘rganish mumkin. Yaxshi maydonsiz sifatli futbol yo‘q. Yaxshi mutaxassis ham sifatsiz maydonda sifatli futbolni kafolatlay olmaydi. Bizning sharoitda esa ayrim futbol klublari bitta futbol maydonini parvarish qilish uchun bitta murabbiyning bir oylik ish haqi miqdorida ham mablag‘ ajratmayotgan holatlar mavjud. Yoki aksincha, smetada futbol maydoni parvarishi uchun ajratilgan va aslida etarli bo‘lishi ko‘zda tutilgan mablag‘ boshqa maqsadlar yo‘lida sarf etilishining oqibatida, futbol maydonlari aziyat chekadi.

Shundan kelib chiqib, yuqorida ko‘rilgan to‘rt masala yuzasidan quyidagi qarorlar qabul qilindi:

• futbol maydonini sifatli saqlab turish bir yil uchun tahminan qanchaga tushishi belgilab olinadi va mazkur masala harajatlar smetasida o‘z aksini topadi;
• futbol maydoni parvarishi uchun klub (stadion) shtat birligida mavjud mutaxassislar soni nazoratga olinadi;
• futbol maydoni rasmiy uchrashuv oldidan qanday tayyorlanishi va uning texnik parametrli reglamentda aniq ko‘rsatiladi;
• ehtimoliy kuz-bahor mavsumiga o‘tish masalasi kun tartibiga chiqquniga qadar, maydonlar masalasida chimning sovuq ob-havoga ham chidamli bo‘lishi masalasiga e’tibor qaratiladi.

Liga futbol maydonlariga bo‘lgan talab aniq reja va harakatlar bilan tartibga solinishini monitoring qilishda davom etadi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 16:59, 16.01.2024.
O'qildi: 661 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.