Turinning «Yuventus» klubi hujumchisi Moyze Kin tez orada xorij klubiga o‘tishi mumkin.
Insayder Nikolo Skiraning ma’lumotlariga ko‘ra, italiyalik forvardga Ispaniya La Ligasi va Fransiya 1-ligasi klublari qiziqish bildirmoqda. Manbaning qayd etishicha, agar u «Yuventus»dan ketsa, Kin xorij chempionatiga borishni xohlaydi. Hujumchi jamoani mavsum oxirigacha faqat ijara asosida tark etadi.
Eslatib o‘tamiz, Kin avvalroq Fransiyada «PSJ» tarkibida o‘ynagan va u yerda 41 o‘yinda 17 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.