Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Qay biri kuchli: APL yoki La Liga?

Qay biri kuchli: APL yoki La Liga?

Baho:
+ | -

Yevropada APL (Angliya) va La Liga (Ispaniya)ga futbol etaloni sifatida qaralishi hech kimga sir emas.

Ikki milliy chempionatni o‘zaro taqqoslaganda, ko‘pchilik Angliya Premyer-ligasini ustun ko‘rishi ham bor gap. Binobarin, APL hamisha 2-3ta emas, balki ko‘proq favorit jamoaga ega ekanligi bilan ajralib turadi La Ligadan. Shuningdek, tijorat masalasida ham Angliya chempionati ancha ilgarilab ketgani barchaga ma’lum. Lekin ba’zi statistik ko‘rsatkichlar borki, ularga qarasak, ispan ligasi ingliz divizioniga bemalol raqobat taqdim etayotgani ko‘rinadi.



Goal24 kanalida berilgan tasvirlarda APL va La Liganing joriy mavsumidagi eng qo‘rqinch­li hujumkor triolari natijasi o‘zaro taqqoslangan. Qarang, APL­da dahshat uyg‘otayotgan «Manchester Siti»ga tegishli uchlik (Erling Xoland - Xulian Alvares - Fil Foden) hisobida jami 25ta gol bor. Xosep Gvardiola shogirdlari bu borada «Liverpul» hujumida katta hajmda ish bajarayotgan Muhammad Saloh - Darvin Nunyes - Diyegu Jota uchligini atigi 1ta gol darajasida ortda qoldirmoqdalar. Uchinchi yuqori ko‘rsatkich Son Xyun Min, Risharlison va Deyan Kulishevskidan iborat «Tottenxem» uchburchakiga tegishli - 23ta gol. Xullas, APLda hujumkor triolar o‘rtasidagi poyga o‘ta qizg‘in tus olmoqda.

Xo‘sh, La Liganing eng dahshatli hujum triolari ko‘rsatkichi qanday? Avvalo, aytish kerak, Ispaniya chempionatida umumiy natija biroz balandroq. Misol uchun, ikkinchi bo‘lib turgan «Real» triosi (Jud Bellingem - Rodrigo - Xoselu) hisobida xuddi APL yetakchilariniki kabi 25ta gol bor. Ustunlik esa hozircha «Atletiko» vakillari qo‘llarida: Alvaro Morata - Antuan Grizmann - Anxel Korrea uchburchagi chempionatning ortda qolgan o‘yinlarida jami 27ta goldan xirmon yasadi. Poyganing uchinchi qatorida kamtarin «Jirona»ni olg‘a boshlayotgan uchlik bormoqda - Artyom Dovbik, Kris­tian Stuani va Savio bog‘lami klubning 22ta goliga mualliflik qildi. Qoyil.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 18:40, 16.01.2024.
O'qildi: 3017 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.