Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

"Navbahor"ga esa sanksiya qo‘llanilishi, "Navbahor-Farm" esa Proligadan chetlashtirilishi mumkin

"Navbahor"ga esa sanksiya qo‘llanilishi, "Navbahor-Farm" esa Proligadan chetlashtirilishi mumkin

Baho:
+ | -

"Superliga va Pro liga reglamenti"ning 14.9-bandida boshqa tashkilotlar hamda o‘z rasmiylari oldida bajarilmay qolgan moliyaviy majburiyati bo‘lmasa, shuningdek, OFK lisenziyasini qo‘lga kiritish sharti bilan futbol klubiga farm jamoa tashkil etish huquqi berilgan.

Shu asosda "Navbahor" futbol klubi qoshida farm jamoa tashkil etilgan bo‘lib, u 2020-22 yillar davomida Birinchi ligada, 2023-yilda esa Pro ligada ishtirok etdi. Sir emaski, Pro liga musobaqasining o‘z talablari bor bo‘lib, unga ko‘ra jamoa Namangandagi "Markaziy" stadiondan foydalanishiga to‘g‘ri keldi. Biroq mavsum davomida uchrashuvlarni tashkil etish va Liga talablari asosida faoliyat olib borishda qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yib keldi. Liganing rasmiy ogohlantirishlariga nisbatan klub ijobiy reaksiya ko‘rsatmadi.

Shuningdek, "Navbahor" futbol klubi futbolchi va murabbiylar bilan kichik bo‘lmagan summali shartnomalar tuzib, uni Liga ro‘yxatidan o‘tkazib kelayotgan bo‘lsa-da, so‘nggi to‘rt mavsum davomida bevosita Liga oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishda oqsab keldi. Jumladan, Liga va klub o‘rtasida imzolangan shartnomaga ko‘ra, "Navbahor" o‘z moliyaviy majburiyatini o‘tgan yilning may oyida to‘liq bajarishi lozim edi. Biroq 2024 yilning yanvar oyi holatiga ko‘ra eng katta qarzdorlik "Navbahor"ga tegishli bo‘lib turibdi.

Qo‘shimchasiga, futbol klubi O‘FA talabiga asosan 10 yanvar sanasiga qadar ishchi-xodimlar oldidagi qarzdorlik to‘liq bartaraf etilgani yuzasidan rasmiy axborot bermadi va faqatgina og‘zaki javob bilan cheklandi. Bu esa Assosiasiya hamda Liga talablariga nisbatan hurmatsizlik hisoblanadi.

4 yanvar kuni Liga rasmiy xat bilan chiqib, 12 yanvar sanasiga qadar "Navbahor farm" masalasida aniq taklif kiritilishini so‘radi. Shunga qaramay, 15 yanvar holatiga ko‘ra ham klub rasmiy javob qaytarmadi. Vaholanki, O‘FA tegishli qo‘mitasi klubga nisbatan yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishga taqiq kiritgan bo‘lsa-da, bu davr ichida "Navbahor" qator futbolchilar bilan shartnoma imzolayotgani yuzasidan ma’lumotlar bor. FIFA talabiga ko‘ra mazkur shartnomalar 1 oy ichida, Liga talabiga ko‘ra 20 kun ichida ro‘yxatga olinmasa, "Navbahor" navbatdagi jarima sanksiyalariga duch keladi. Ayni vaqtda esa O‘FA talabi bilan klub uchun shartnomalarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish platformasi yopib qo‘yilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, "Navbahor-Farm" jamoasini Pro ligadan chetlashtirish masalasi kun tartibiga kiritildi. 16 yanvar kuni esa O‘FA tegishli qo‘mitasi qarzdorlik bilan bog‘liq talablarni o‘z vaqtida bajarmagan futbol klublariga nisbatan sanksiya qo‘llash uchun yig‘iladi.

Liga "Navbahor" futbol klubining 2023 yilgi mavsum davomida ko‘rsatgan natijalarini qadrlaydi. Viloyat hokimligi ko‘magi bilan klubga katta sarmoya kiritildi va uning avvalgi obro‘sini tiklash yo‘lida qator ishlar amalga oshirildi. Biroq bevosita klub strukturasida faoliyat olib boradigan mutaxassislar va ularning o‘z ishiga professional yondashuvi yuzasidan Ligada qator savollar mavjud.

Kiritildi: 18:57, 16.01.2024.
O'qildi: 2853 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.