Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

Jeli – «Jirona»ning sensasion sohibi (2-qism)

Jeli – «Jirona»ning sensasion sohibi (2-qism)

Baho:
+ | -

Navbatdagi qahramonimiz - vaqtida «Atletiko» bilan «oltin dubl»ga erishgan...

«Alaves» safida UYEFA kubogi finalida maydonga tushgan, «Albasete» in­qilobida ishtirok etgan, hozir esa «Jirona»ning hayrat­omuz yurishini zavq-shavq aro kuzatayotgan mutaxassis Delfi Jeli.

«Atletiko»dagi sarguzashlar yakuni

«Talavera»ga qarshi ko‘rik o‘yinida Pantich jarima zarbasidan gol urib, muvozanatni tiklagach, klub rahbariyati uni xarid qiladi, lekin arzimas maosh belgilaydi - jamoada eng kamini. Aksiga olib, «Atletiko» chempionatni o‘z darvozasidan to‘p olib chiqish bilan boshlaydi - «Real Sosyedad»ga qarshi bahsda mehmonlar vakili Valeriy Karpin hisobni ochadi. Chamasi 10 daqiqadan ke­yin esa aynan Pantich javob golini uradi, yakunda «Atletiko» 4:1 hisobida zafar quchadi. Tez orada jamoa turnir jadvalida peshqadamlikni ham qo‘lga oladi. «Radomir Antich ixtiyoridagi Molina, Santi, Jeli va Penev kabi futbolchilar o‘yindagi kamchiliklarni tuzatib turishardi. Masalan, men ko‘p yugurolmasdim. Murabbiy tayanch yarim himoyachisi Viskaynoning ko‘magi bilan bu maummoni hal qilardi», - deya xotirlagandi Pantich. Sobiq hujumchi Kiko Narvaesning xotiralaridan: «Biz markaziy zonada romb shaklida to‘p surardik. Hujumkor yarim himoyachi Pantichni nafaqat Viskayno, balki Diyego Simeone va Kaminero ham qo‘llab-quvvatlab turishardi. Jeli va Tonidek ustakor laterallar esa qanotlarda xuddi yangi asrning ikkinchi 10 yilligidagi Xuan­fran va Filipe Luis kabi hukmronlik o‘rnatishgandi». Jelining «Atletiko»si 1994|1995 yillar mavsumida 14-o‘rin bilan cheklanadi, keyingisida esa Ispaniya kubogi finalida «Barselona»ni yagona gol va chempionatning so‘nggi turida «Abasete»ni 2:0 hisobida mahv etib, «oltin dubl»ni rasmiylashtiradi. Chempionlik taqdirini hal qilgan bahs arafasida yakuniy otashin nutq bosh murabbiy Antich emas, balki Simeonega berilgandi: «Bugun g‘alaba qozonamiz yoki zafar yo‘lida jonimizni fido qilamiz!» 13-daqiqada aynan Diyego hisobni ochadi, 2-golda esa Kiko Narvaesning zarbasini «Albasete»ning rossiyalik kiperi Yevgeniy Plotnikov bartaraf etolmaydi. E’tiborli tomoni, Kiko goliga «Atletiko» darvozaboni Xose Molina assistentlik qilgandi. Shu muvaffaqiyatdan keyin «matraschilar»dan 4 nafar futbolchi Yevro-96ga yo‘l oladi - Molina, Kiko, Kaminero va Lopes. Afsuski, Delfi Jeli nufuzli turnirdan chetda qoladi - terma jamoa murabbiyi Klemente «Saragosa» vakili Alberto Belsue va Xorxe Otero («Valensiya») nomzodini afzal ko‘rgandi.

Jeli chempionlikdan ke­yingi mavsumni «Erkules» darvozasini ishg‘ol etish bilan boshlagan bo‘lsada, «Atletiko» 4-o‘rindan yuqoriga ko‘tarilolmaydi. YEIga a’zo mamlakat vakillariga belgilangan cheklov bekor qilingach esa, «Real» va «Barsa»ning tarkibi keskin kuchayib ketadi. Oqibatda «matraschilar» «Real»ga 2 marta (1:4, 1:3) imkoniyatni boy berishadi, «Barsa»dan esa atigi 1 ochko (3:3, 2:5) olishadi. O‘sha vaqt CHLda faqat chempion jamoalar qatnashardi va guruh raundida Ispaniya grandiga qarshilik ko‘rsatadigan raqib topilmaydi. Aniqrog‘i, «Atletiko» dastlabki raundda «Vidzev», «Styaua» va bo‘lajak chempion - «Borussiya» D. klublarini mahv etadi, «Ayaks»­-ga qarshi kechgan yarim final bahsida esa hisobni aynan Jeli ochadi. Jamoa keyingi mavsum yana yarim finalgacha boradi. Faqat bu safar CHL emas, balki UYEFA kubogida. Xil ushbu natijadan qoniqmay, Antichni iste’foga chiqaradi va uning o‘rnini Arrigo Sakki egallaydi. Taajjubki, italiyalik Fabio Kapello mavsum-1996|1997da Jelini Ispaniyadagi eng yaxshi himoyachi sifatida e’tirof etgan bo‘lsa, Sakki uni hatto zaxira o‘rindig‘iga ham munosib ko‘rmaydi. Oxir-oqibat, qahramonimiz 1999 yilning avgustida «Betis»ga o‘tib ketadi. Lekin jarohatlangach, kelishuvni bekor qiladi va mavsumning ikkinchi yarmini «Albasete»da boshlaydi. Qiziq tomoni, «Atletiko» 2000 yilning 21 may kuni Primeroni tark etgan oqshom Delfi «Estremadura»ga qarshi o‘yinda «dubl»ga erishadi. Finishdagi muvaffaqiyat unga «Alaves» eshiklarini ochadi.

«Alaves» 40 yil La Ligaga chiqolmay, basketbol klubi soyasida yurgandi...

O‘tgan asrning 90-yillari basklar o‘lkasi sport olamiga «Taugres» basketbol klubi bilan tanilgandi. Bu jamoa qatorasiga 2ta finaldagi mag‘lubiyatdan keyin 1996 yili Kubok egalari kubogi turnirida g‘olib chiqadi. O‘sha davr «Alaves» naq 40 yil davomida La Liga yuzini ko‘rmagandi. Zulmatdagi faoliyatga prezidentlik lavozimiga qaytgan metallurgiya konserni rahbari Xuan Arregi barham beradi. U Segundaning 13-pog‘onasida turgan jamoa bosh murabbiyi lavozimiga 47 yoshli Maneni taklif etadi. Yangi kouch Uchinchi divizion ishtirokchisi «Lerida»ni Primeroga olib chiqqani, «Barsa» va «Real»ni taslim etgani va Benito Floro iste’fosiga sababchi bo‘lgani bilan nazarga tushgandi. «Alaves» 2000|2001 yillar mavsumi startida  «Las-Palmas»ni 3:0 hisobida yengadi, Jeli esa dastlabki gol muallifiga aylanadi. Qolaversa, klub yuqoriga ko‘tarilishi bilan UYEFA kubogiga yo‘llanma oladi va dastlabki 4ta raundni o‘ta hayratlanarli ssenariyda o‘tkazadi - uyda durang, safarda g‘alaba. Aniqrog‘i, «Gaziantep» bilan 0:0 va 4:3, «Lillestryom» bilan 2:2 va 3:1, «Rusenborg» bilan 1:1 va 3:1, «Inter» bilan 3:3 va 2:0. Vitoriya klubi shuning barobarida La Ligani ham unutmaydi. Jumladan, «Ovyedo» darvozasiga 4ta javobsiz gol urgach, 2-o‘ringa chiqib oladi. O‘shanda ham gollardan birini chap qanot himoyachisi Jeli urgandi. «Liverpul»ga qarshi kechgan UYEFA kubogi finali esa alohida tarix (5:4 hisobida «qizillar» foydasiga hal bo‘lgan o‘sha bahsda Jeli ham ishtirok etgan).

«Jirona» va Jeli ittifoqi: La Ligada chinakam shovqin...

Jeli «Alaves»dagi 3 yillik faoliyatdan so‘ng «Jirona»ga qaytdi va avvaliga bolalarga ustozlik qila boshladi. Shuningdek, biznes bilan shug‘ullanib, 2015 yilning yozida «Jirona» prezidenti lavozimini egalladi. «Ochig‘i, taklif kutilmaganda keldi. Pere bilan muloqotdan ke­yin chorlovni qabul qildim. Axir «Jirona» - butun hayotim mazmuni. Klubda barcha jabhalar bo‘yicha barqarorlik hukmron. Sport direktori Kike Karsel - ajoyib inson. Taraqqiyotda murabbiylar ulushi salmoqli. Yaqingacha jamoa e’tibordan chetda edi. Hozir muxlislar «Jirona» qaysi kun va qaysi vaqtda o‘ynashini yodlab olishgan, uchrashuvlarni orziqib kutishadi. Qisqasi, butun Jirona futbol bilan hamnafas. Bu esa juda ajoyib!» - deydi Jeli. Ha, kamtarin jamoa hamon barchani hayratga solishda bardavom. Buning zamirida esa Jelining oqilona boshqaruvi bor. Deylik, endilikda bolalar maktabga «Jirona» formasida borishmoqda, shahar esa Jeli jamoasi bilan birga nafas olmoqda...

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:40, 16.01.2024.
O'qildi: 1203 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.