Yaqinda Lionel Messi FIFA talqini bo‘yicha 2023 yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritgandi.
Argentinalik futbolchining ovoz berishdagi g‘alabasi bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi, chunki belgilangan vaqt oralig‘ida (mukofot 2022-yilning 19-dekabridan 2023-yilning 20-avgustigacha bo‘lgan o‘yinlari uchun berilgan) Messi faqat Fransiya chempionati va Liga kubogini qo‘lga kiritdi.
Erling Xoland "Manchester Siti" bilan ko‘proq g‘alaba qozondi. Ijtimoiy tarmoqlarda TV 2 Sport telekanali tomonidan suratga olingan marosimdan video paydo bo‘ldi.
Unda "Chelsi"ning sobiq futbolchisi Jon Obi Mikel nima uchun Messi sovrinni qo‘lga kiritdi, degan savolga javob bergani aks etgan.
“U g‘alaba qozondi, chunki u tarixdagi eng buyuk futbolchi. U jahon chempionatida g‘olib chiqdi”, — dedi Obi Mikel.
Jurnalistlar Obi Mikelga jahon chempionati mukofot berilgan vaqtga kiritilmasligini aytishdi.
"Chelsi"ning sobiq futbolchisi bu dalillarga ishonmadi va yana bir nechta iboralardan so‘ng ketib qoldi.