Kirish Ro'yxatdan o'tish

Simeone: "Derbida jismoniy kuch emas, fikr tezligi hal qiluvchi omil bo‘ladi"

Simeone: "Derbida jismoniy kuch emas, fikr tezligi hal qiluvchi omil bo‘ladi"

Baho:
+ | -

"Atletiko Madrid" bosh murabbiyi Diyego Simeone jamoalarning jismoniy kuchi haqida gapirdi.

Payshanba kuni "matraschilar" yaqinda Ispaniya Superkubogi yarim finali (3:5) uchrashuvidagi mag‘lubiyat uchun qasos olishga harakat qilishadi.

Yangi uchrashuv Kubokning 1/8 finalida bo‘lib o‘tadi.

"Biz jismoniy kuch bo‘yicha "Real"dan zaifmizmi? Ularda Kroos, Ryudiger, Tchuameni kabi juda kuchli futbolchilar bor.

Ammo derbida jismoniy kuch emas, fikr tezligi hal qiluvchi omil bo‘ladi. Umid qilamanki, biz bu jihatda ushbu o‘yin saviyasiga mos kela olamiz”, - dedi argentinalik murabbiy matbuot anjumanida.

Kiritildi: 16:42, 18.01.2024.
O'qildi: 1534 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.