Serbiyada bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi "Millatlar kubogi" musobaqasida O‘zbekiston ayollar terma jamoasining mag‘lubiyatsiz yurishi davom etadi.
Ortda qolgan uchinchi kun bahslarida Feruza Kazakova (-50 kg) 3 raund to‘liq ustunlik bilan g‘alaba qozongan bo‘lsa, Rayhona Qodirova (-60 kg) ikkinchi raundda muddatidan avval keyingi bosqich masalasini hal qildi.
Bugun terma jamoamizning besh nafar a’zosi jang qiladi. Juftliklar quyidagicha:
-52 kg: Aziza Yakubova – Ra’no Parxatova (Qozog‘iston)
-54 kg: Muxlisa Xushvaqtova – Uljan Sarsanbek (Qozog‘iston)
-63 kg: Mohinabonu Abdullayeva – Lordeana Marin (Ruminiya)
-70 kg: Xadichabonu Abdullayeva – Baljan Askar (Qozog‘iston)
-81 kg: Oltinoy Sotimboyeva – Lyusiya Bilobrk (Xorvatiya)