Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

A seriya. «Milan» so‘nggi daqiqalardagi «kambek» evaziga g‘alabani ilib ketdi (videosharh)

A seriya. «Milan» so‘nggi daqiqalardagi «kambek» evaziga g‘alabani ilib ketdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining 21-turi doirasida «Milan» safarda «Udineze» klubi mehmoni bo‘lib, irodali g‘alabaga erishdi.

Bahsnin 31-daqiqasida "rossoneri" Loftus-CHik tomonidan urilgan gol evaziga hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmasdan mezbonlar muvozanatni tiklashdi.

62-daqiqada esa "Udineze" oldingi o‘tib oldi. "Milan" so‘nggi daqiqalarda raqib darvozasi tomon bosimni kuchaytirib, g‘alabani ilib ketishga muvaffaq bo‘ldi. Dastlab Yovich 83-daqiqada hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, o‘yinga qo‘shib berilgan 3-daqiqada Okafor g‘alaba to‘pini kiritdi.

"Milan" ushbu g‘alaba tufayli o‘z ochkolarini 45 taga yetkazib, o‘zi egallab turgan 3-pog‘onani mustahkamladi.

Italiya A seriyasi, 21-tur
Udineze – Milan 2:3 (1:1, 1:2)
Gollar: 0:1 – 31 Loftus-CHik, 1:1 – 42 Samarjich, 2:1 – 62 Toven, 2:2 – 83 Yovich, 2:3 – 90 Okafor.
Udineze – Okoye, Ebosele (Exizibue, 60), Peres, Joau Ferreyra, Kristensen, Kamara (Sarraga, 84), Pereyra (Toven, 46), Uolas, Lovrich, Samarjich (Payero, 60), Lukka (Saksess, 76).
Milan – Menyan, Kalabriya (Florensi, 75), Kyer, Gabbiya, Ernandes, Loftus-CHik, Adli, Reynders (Okafor, 68), Pulishich (Yovich, 75), Rafael Leau (Musa, 90), Jiru.
Ogohlantirishlar: Kamara (45), Ebosele (52), Toven (55), Uolas (65), Lukka (71), Joau Ferreyra (78), Ernandes (88).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:01, 21.01.2024.
O'qildi: 1840 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик