Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Sunnatilla Abdullajonov — «Andijon» futbolchisi

Sunnatilla Abdullajonov — «Andijon» futbolchisi

Baho:
+ | -

Yangi mavsum uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan «Andijon» klub tarkibini yanada kuchaytirish maqsadida seleksiya ishlarini olib bormoqda. Bu borada bir qator o‘yinchilar bilan qizg‘in muzokaralar davom etmoqda va bu holat o‘zining yakuniy bosqichiga yetib kelgan.

Oxirgi ikki mavsumni «Neftchi» tarkibida o‘tkazgan iqtidorli yarim himoyachi Sunnatilla Abdullajonov rasman «Andijon» jamoasi a’zosiga aylandi. Futbolchi bugun shartnomaga imzo chekdi va kelishuv muddati bir yilga mo‘ljallangan.

1996 yilning 22 oktyabr sanasida Toshkentda tavallud topgan futbolchi andijonlik muxlislar uchun begona emas. Boisi, 2018 yilgi mavsumda u «Andijon» sharafini himoya qilgan.

Abdullajonov shuningdek, faoliyati davomida «Bunyodkor», «Obod», OKMK, «NBU-Osiyo», «Qizilqum» va «Turon»da ham to‘p surgan.

«Andijon» matbuot xizmati.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 23:45, 23.01.2024.
O'qildi: 1263 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик