Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Bahodir Jalolov Saudiyada bo‘lib o‘tadigan jangi haqida: «Raqibni biz tanlamadik»

Bahodir Jalolov Saudiyada bo‘lib o‘tadigan jangi haqida: «Raqibni biz tanlamadik»

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Intervyular

Superog‘ir vazn toifasidagi o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov 17 fevral kungi jangi haqida fikr bildirdi.

“Saudiya Arabistonida so‘nggi kunlarda ko‘plab sport turlari bo‘yicha nufuzli sport tadbirlari tashkil etilmoqda. Bu kabi musobaqalarda ishtirok etishning o‘zi katta natija.

17 fevral kuni Tayson Fyuri va Oleksandr Usik o‘rtasida o‘tadigan jang oqshomida mening ham ringga ko‘tarilishim haqida xabar berildi va biz bunga rozi bo‘ldik. Hattoki, raqibni ham tashkilotchilar topdi, biz tanlamadik.

Men har qanday raqibga qarshi jang qilishga tayyorman va unutmaslik kerak, bu yil Olimpiya o‘yinlari o‘tkaziladi. Ushbu musobaqagacha bo‘lgan har bir jangim to‘rt yillikning eng yirik sport tadbiriga muhim tayyorgarlik vazifasini o‘taydi. Mazkur boks oqshomida chiroyli jang o‘tkazib, g‘alaba qozonish uchun ringga chiqaman”, — dedi Bahodir Jalolov.

Eslatib o‘tamiz, Jalolov chernogoriyalik Dilan Prashovichga qarshi ringga chiqishi xabar qilingan.

Ta’kidlash joiz, 29 yoshli Prashovich professional faoliyati davomida 20 ta jang o‘tkazib, 17 g‘alaba (14 nokaut) va 3 mag‘lubiyat qayd etgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:47, 25.01.2024.
O'qildi: 7119 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.