Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Xamann: "Arsenal" bu yil chempion bo‘ladi deb o‘ylamayman"

Xamann: "Arsenal" bu yil chempion bo‘ladi deb o‘ylamayman"

Baho:
+ | -

"Liverpul" va "Bavariya"ning sobiq futbolchisi Ditmar Xamannning fikricha, Londonning "Arsenal" klubi 2023/2024 yilgi mavsum yakunida chempionlikni qo‘lga kirita olmaydi.

"Menimcha, faqat ikkita da’vogar bor. Ular orasida "Arsenal"ni ko‘rmayapman. "Kanonirlar" o‘tgan mavsumda imkoniyatga ega bo‘lishdi, ammo hozir men ularni chempionlik poygasida deb o‘ylamayman. Bu safar ikkita jamoa kurash olib boradi va men "Liverpul"ga ustunlik beraman", - dedi Xamann TBR Football bilan suhbatda.

Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumdagi 21-turidan keyin "Liverpul" turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Qizillar" 48 ochko jamg‘ardi. "Manchester Siti" ikkinchi o‘rinda (43 ochko), ammo "shaharliklar" bir o‘yin kam o‘tkazgan. Kuchli uchlikni “Arsenal” yakunlab turibdi.

Kiritildi: 19:20, 25.01.2024.
O'qildi: 1361 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик