Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Dunyoning eng boy klublari ro‘yxati yangilandi. "MYU"da pasayish kuzatilgan

Dunyoning eng boy klublari ro‘yxati yangilandi. "MYU"da pasayish kuzatilgan

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ning stadioni zo‘r bo‘lmagani sababli klub reytingda pastlagan. "Deloitte Football Money League" nashrining xabar berishicha, daromadlarni yaxshilash uchun Ser Jim Retkliff "Tottenxem Xotspur" tajribasini qo‘llashi kerak. Ya’ni, "qizil iblislar" stadioni to‘liq rekonstruksiya qilinishi lozim.

"Manchester Yunayted" 2022/23 yilgi mavsumda 65 milliondan 648 million funtgacha foyda ko‘rgan. Bu esa klub tarixidagi rekord daromad sanaladi. Shunga qaramay, mankunianliklar yuqoridagi nashr taqdim etgan jadvalda beshinchi o‘rinda e’tirof etilmoqda. Masalan, "Manchester Siti" 718.2 million funt bilan daromadlar borasida "MYU"dan ancha oldinlab ketgan.
"Tottenxem" 62 ming odam sig‘adigan stadioni bilan har bir o‘yindan 6 million funtgacha foyda oladi. Shu orqali londonliklar jadvalda 8 o‘ringa ko‘tarilgan. "Shporlar"ning mavsumiy daromad ko‘rsatkichlari ilk bor 549.2 million funtni tashkil etdi.

"Deloitte" nashri muxbiri Tim Brij "MYU" daromadlari haqida shunday deydi: "Ular bemalol qilingan xarajatlarni qaytara olish imkoniga ega. "MYU"da tijoriy hamkorlikdan keladigan juda katta richaglar mavjud. Masalan, "Old Trafford"ning o‘zidan klub har mavsumda 100 million funtdan ko‘p ishlab topadi. Agarda ularda ham "Tottenxem" kabi katta sig‘imga ega bo‘lgan stadion bo‘lganida, "MYU" APLda eng yirik daromad qilayotgan klub bo‘lardi. Bunga shubha yo‘q".

"Liverpul" daromadlar borasida yangi mavsumdan 7 o‘ringa tushib qoldi. Mersisaydliklar ilgari uchinchi o‘rinda qayd etilardilar. Shuningdek, "Chelsi"da ham tushish kuzatilgan. Negaki, bu jamoaning daromadlari 30 million funtga o‘sdi xolos.
"Arsenal" esa 100 million funt qo‘shimcha daromad bilan 10 o‘rinni band etdi. Umumiy jadvalga nazar solsangiz, "Real" yetakchi ekaniga guvoh bo‘lasiz. Qolaversa, jadvalning kuchli beshligida "Barselona" va "PSJ" ham mavjud.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 12:24, 26.01.2024.
O'qildi: 4268 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.