Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Gvardiola UYEFA prezidentining gaplariga munosabat bildirdi

Gvardiola UYEFA prezidentining gaplariga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola UEFA prezidenti Aleksander Cheferinning jamoaning 2020 yilda deyarli yuz bergan yevrokuboklardan chetlatilishi haqidagi so‘zlariga javob berdi.

“UEFA prezidenti advokat sifatida kutishi kerak. U buni hurmat qilishi va kutishi kerak xolos. Uning UEFAda qiladigan ishlari ko‘p. Advokatlar sud jarayonini hurmat qilishlari kerak. O‘zimizni himoya qilishga haqqimiz bor", - dedi Gvardiola.

2019 yilda UEFA moliyaviy feyr-pleyni buzgani uchun "Manchester Siti"ni ikki yilga yevrokuboklardan chetlatgan va klubga 30 million yevro miqdorida jarima solgandi.

Sport arbitraj sudi (CAS) klubning apellyasiyasini qanoatlantirdi va u Chempionlar ligasidagi kurashni davom ettirdi.

Kuni kecha Cheferin bu vaziyat haqida gapirdi: “Biz haq ekanimizni bilamiz. Agar biz o‘zimizni to‘g‘ri deb o‘ylamaganimizda bu qarorni qabul qilmagan bo‘lardik. Men 25 yil davomida sudda advokat bo‘lib ishladim va bilamanki, ba’zida siz yutqazishingiz kerakligini bilgan ishni yutib olasiz, ba’zan esa yo‘q. Siz shunchaki jiddiy demokratiyada sud qarorini hurmat qilishingiz kerak”.

Shu bilan birga, UEFA rahbari agar klub Premyer-liga tomonidan mahalliy moliyaviy qoidalarni buzganlikda aybdor deb topilsa, "Siti"ni chempionlik unvonidan mahrum qilish kerakmi, degan savolga javob berishdan bosh tortdi.

Kiritildi: 16:26, 26.01.2024.
O'qildi: 1139 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.