Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Nega 2024 yilgi qishki transfer oynasi juda zerikarli bo‘lyapti?

Nega 2024 yilgi qishki transfer oynasi juda zerikarli bo‘lyapti?

Baho:
+ | -

Yanvar oyidagi transfer oynasi yakunlanishiga yaqin, ammo bu safar qish transferlar uchun sokin bo‘lmoqda. Nima uchun hamma narsa shunday bo‘lganini tushunishga harakat qilib ko‘ramiz.

Hamma transfer oynalari har doim yangi kelganlar, tuzilgan bitimlar va hokazolar haqida katta yangiliklar oqimini olib kelishiga o‘rganib qolgan. Biroq, 2024 yil yanvar oyi juda tinch bo‘ldi. Transfer oynasi yopilishiga bir hafta qolganda Yevropada atigi beshta transfer 20 million yevro va undan kattaroq summaga kelishilgan. Shu bilan birga, faqat Viktor Roke 25 million chegarasidan oshdi, ammo "Barselona" uni sotib olishga ancha oldin rozi bo‘lgandi.

Taqqoslash uchun, o‘tgan yili 15 ta tranzaksiyada 20 million va undan ko‘p raqam paydo bo‘lgan, 25 millionlik chegara esa top 10 talikka kirish uchun minimal bo‘lgan va to‘rt nafar futbolchining narxi 40 dan oshgan, jumladan Enso Fernandes 121 millionga o‘tgan edi. 2022 yilning qishida 9 nafar futbolchi uchun 20 million va undan ko‘p pul to‘langan va yana to‘rttasi 40 dan qimmatroq edi. Umuman olganda, so‘nggi besh yilga nazar tashlaydigan bo‘lsak, hozirgi transfer oynasi eng sokinlaridan biri hisoblanadi.

So‘nggi yillarda asosiy xaridlar ingliz jamoalariga tegishli. Premyer-liga klublari daromadli televizion shartnoma tufayli xarajatlar bo‘yicha rekordlarni yangiladi. Oxirgi ikki yozgi transfer oynasida ingliz klublari jami 5 milliard yevroga yaqin mablag‘ sarflashdi. Jamoalarning daromadi baribir cheksiz emas, mahalliy OAV esa pul shunchaki tugashi mumkin degan fikrni bildirishgan. “Qizil iblislar” avvallari hech qanday qiyinchiliklarni boshdan kechirmagan bo‘lsa-da, endi “Manchester Yunayted”ning ham katta xarajatlarga qurbi yetmasligi bejiz aytilmagan.

Qolaversa, ingliz klublari o‘z mablag‘larini sarflashda ehtiyotkor bo‘lib qolishgan ko‘rinadi. "Everton" bu mavsumda moliyaviy qoidalarni buzganlik uchun sanksiya sifatida ochkolardan ayrildi, boshqalari esa tergov ostida. Britaniyada futboldagi sarf-xarajatlar masalasi milliy darajaga yetgan va nazoratni yaxshilash uchun tez orada mustaqil hukumat auditori lavozimi joriy etilishi mumkin.

Bundan tashqari, Angliyaning top-klublari bir vaqtning o‘zida ichki sabablarga ko‘ra jim qolishdi. "Manchester Siti" odatda qishda o‘zini xotirjam tutadi, "Arsenal" va "Liverpul" yozda pul sarfladi, "Chelsi" oldingi ikki oynada juda ko‘p pul sarfladi, lekin yana, aftidan, Chempionlar ligasidan daromadsiz qoladi, "Manchester Yunayted" bu jarayonni boshqaradi. “Nyukasl”, barcha moliyaviy imkoniyatlariga qaramay, hali ham evolyusion yo‘ldan bormoqda, maqsadli tarzda kuchayib bormoqda. O‘z navbatida, Britaniyaning sustligi dunyoning qolgan qismiga domino ta’sirini o‘tkazadi.

Ilgari sxema aniq edi: inglizlar boshqa klublarga pul tashladilar, ular o‘z futbolchilarini yaxshi tovon puli evaziga sotib yuboradilar, buning bir qismini kuchaytirishga sarflaydilar. Tumanli Albiondagi xotirjamlik umumiy xotirjamlikka olib keldi.

Saudiya Arabistoni tanaffusga chiqdi

Yozda Saudiya Arabistoni ham jiddiy ravishda bozorga pul tashlagan edi, ammo endi Yaqin Sharq tanaffus qilishga qaror qildi. Bundan tashqari, “Al-Hilol” Renan Lodi uchun 23 million yevro to‘ladi. Saudiya Arabistoni loyihani yopishga qaror qilgani dargumon, ammo ular qandaydir qayta formatlash haqida o‘ylashgan, shekilli. Jordan Xenderson allaqachon ortga qochib ketgan, Karim Benzema Yevropaga qaytishga harakat qilmoqda, yana bir qancha norozi futbolchilar haqida mish-mishlar yuribdi. Balki, mana shunday vaziyatda saudiyaliklar olti oy ichida ularni yo‘qotishdan qo‘rqib, futbolchilarga o‘n millionlab pul sarflashga shoshilmayapti.

Yoz oldidan sukunat

Hozir hamma jim bo‘lishining yana bir sababi shundaki, yozda juda katta xaridlar bo‘lishi mumkin. Kilian Mbappening ketishi, albatta, zanjirli reaksiyaga sabab bo‘ladi, chunki “PSJ” uning o‘rniga munosib o‘rinbosar qidiradi. Kataloniya Erling Xolandni qo‘lga kiritishga harakat qilmoqda, buning uchun "Manchester Siti"dan ko‘chib o‘tish kerak.

Bir nechta yuqori darajadagi o‘yinchilar shu yozda shartnomalarining so‘nggi yiliga kirishadi, bu esa sotuvlar va o‘rinbosarlarni qidirishga olib kelishi mumkin. Gap “Liverpul”dan Muhammad Saloh, “Manchester Siti”dan Kevin de Bryuyne, “Bavariya”dan Leroy Sane, Joshua Kimmix va Alfonso Devis, “Yuventus”dan Federiko Kyeza haqida ketmoqda.

Yana shuni qo‘shamizki, Yevropa chempionati yozda bo‘lib o‘tadi va bu an’anaga ko‘ra bir qator transferlar uchun katalizatorga aylanadi. Demak, endi klublar barcha sharoitlarni hisobga olib, shunchaki pul tejashga qaror qilgan bo‘lish ehtimoli bor.

Kiritildi: 16:28, 26.01.2024.
O'qildi: 5409 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.