Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza 1-2 Lechche
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Dinamo - Mash’al
02/05 19:00 Buxoro - So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid

"Chelsi" tarkibi Karim Benzema bilan qanday ko‘rinish olgan bo‘lardi?

"Chelsi" tarkibi Karim Benzema bilan qanday ko‘rinish olgan bo‘lardi?

Baho:
+ | -

"Chelsi"ning Benzemaga qiziqa boshlagani so‘nggi paytlarda munozaralar markazida bo‘ldi. London klubi hujumchini ijaraga olishi mumkinligi aytilmoqda. Sobiq "Real" futbolchisi o‘tgan yozda Saudiya Arabistoniga yo‘l olganiga qaramay, hoziroq "Al-Ittihod"ni tark etishni istamoqda. 36 yoshli hujumchi vaqtinchalik yana Yevropaga qaytishi mumkin. Hozirda Benzema alohida mashg‘ulot olib bormoqda. Unga Saudiyaning boshqa bir jamoasiga ijaraga o‘tish taklif qilingan edi. Ammo futbolchi buni rad etdi. Ayni paytda, bu narsa "Chelsi" uchun imkoniyat hozirlaydi.

Benzemaga erishish oson bo‘lmaydi. Negaki, Saudiya Jamoat fondi bunga yo‘l qo‘ymaydi. Shunga qaramay, Pochettino u bilan yaxshigina jamoasini kuchaytirib oladi.
"Chelsi" markaziy hujumda Nikolas Jeksonga suyanishga majbur bo‘lmoqda. 22 yoshli hujumchi bu mavsumda jami 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Armando Broya ham bor. Ammo u yosh va jarohati bor. U 18 ta o‘yinda 2 tagina gol urgan edi. "Chelsi" shunday vaziyatda 9 o‘rinda bormoqda. Pochettinoga kuchli to‘rtlikka qaytish uchun yana 12 ochko kerak.

Hujumni Benzema bilan kuchaytirish, bu jarayonni tezlashtira oladi. Pochettinoning 4-2-3-1 yoki 4-3-3 taktik sxemasi uchun fransuz futbolchisi aynan mos keladi. Hozirga qadar Sterling va Palmer hujumda edi. Kristofer Nkunku jarohatidan tuzalsa, yurtdoshi bilan oldingi chiziqqa o‘tadi. Yarim himoya Enso Fernandes, Konor Gallaxer va Moyses Kaysedoga ishonib topshiriladi. Qanot himoyasi jarohatdan qaytgan Ben Chilvell va Ris Jeyms bilan to‘ldiriladi. Markaziy himoya juftligi esa Aksel Disasi, Levi Kolvill, Tiagu Silva, Benua Badiashile hamda Vesli Fofanalardan tanlab olinadi.
Darvoza sohasida vaqtinchalik harakat qilayotgan Jorje Petrovich Robert Sanches safga qaytishi bilan o‘z joyini ispaniyalikka bo‘shatib beradi.

 

 

 


ISMATOV J.

 
Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 16:53, 27.01.2024.
O'qildi: 2712 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик