Ayni damlarda A Seriyada “Atalanta” o‘z uyida “Udineze”ni qabul qilmoqda. Bergamo klubi hujumchisi Janluka Skamakka deyarli uch oy ichida birinchi marta Italiya chempionatida gol urdi.
Birinchi bo‘lim so‘ngida, qo‘shib berilgan vaqtda Janluka jamoasining ustunligini ikkita golga yetkazdi.
Skamakka oxirgi marta A seriyada 4-noyabr kuni “Inter”ga qarshi o‘yinda (1:2) gol urgan edi.