Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Qarz» darhol qaytarildi, yana foizi bilan!

«Qarz» darhol qaytarildi, yana foizi bilan!

Baho:
+ | -

Futbol hodisotlarga boy-da, baribir. «Real» futbolchilari kechagina Saudiyada «Barselona»ni sharmandali holatga tushirib (4:1), Ispaniya superkubogini boshlari uzra baland ko‘tarishgandi mag‘rurlik bilan. Oradan hech qancha o‘tmay, ayollar futbolida hammasi mutlaqo teskari aylandi...

Qarangki, ayollar miqyosidagi mamlakat superkubogi yarim finalida aynan «Barselona» va «Real» klublari o‘zaro to‘qnash keldi. Bu safar 4:0 hisobi qayd etildi, lekin «Madrid» emas, balki ayollar sektorida chin gegemoniya o‘rnatgan Kataloniya jamoasi foydasiga.

«El-klasiko-W»ning alohida nuqtasi shuki, «Real» darvozasiga 4-golni urgan Salma Paralluelo braziliyalik Vinisius Junior ishorasini takrorladi. Ar-Riyodda «xet-trik»ka erishgan futbolchi barmoqlari yordamida 4 raqamini ko‘rsatgandi (gollar soniga ishora). Salma esa «dubl» qayd etdi va Vinisiusga o‘ziga xos javob berdi, go‘yo. Oddiy aytganda, «Barselona» ayollar jamoasi erkaklar klubi uchun tezkor qasos oldi yoki «qarz» (1:4)ni darhol qaytardi, yana foizi bilan (4:0).

«Barselona» ayollar jamoasi 4-marta Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritib, bu borada rekord o‘rnatdi. «Blaugrana» finalda «Levante»ni 7:0 hisobida yengdi. Hozirda «Atletiko», «Levante», «Eybar», «Malaga» va «San-Visente» ayollar jamoalari hisobida 1tadan superkubok bor.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 21:41, 27.01.2024.
O'qildi: 8437 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик