«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyu kelasi mavsum uchun darvozabonlar masalasi bo‘yicha yakuniy qarorga keldi.
Ispaniyaning AS nashri ma’lumotiga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis Tibo Kurtuani asosiy darvozabon, Andrey Luninni esa uning ishonchli zaxirasi sifatida ko‘rmoqda. Shu sababli Mourinyu ushbu pozisiyani kuchaytirishga hojat yo‘q, deb hisoblamoqda.
Shuningdek, yangi mavsumda asosiy jamoa bilan yana ikki nafar darvozabon — Fran Gonsales va Xavi Navarro ham mashg‘ulot o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, Joze Mourinyu avval ham 2010–2013 yillarda «Real»ni boshqargan. Uning qo‘l ostida madridliklar Ispaniya chempionligi, shuningdek, mamlakat Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan edi.
Mourinyu «Real»ga qaytishidan avval jamoa bosh murabbiyi lavozimida Alvaro Arbeloa faoliyat yuritgan.













