Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 2-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

La liga. «Barselona» dramatik o‘yinda «Vilyarreal»ga mag‘lub bo‘ldi

La liga. «Barselona» dramatik o‘yinda «Vilyarreal»ga mag‘lub bo‘ldi

Baho:
+1 | -

Ispaniya chempionatining 22-turi doirasida «Barselona» o‘z maydonida «Vilyarreal»ni qabul qilib, dramatik kechgan bahsda imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuvning 41-daqiqasida Jerar Moreno mehmonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 54-daqiqada Ilyas Axomashing golidan keyin  «Vilyarreal» ikkita to‘p farqi bilan oldinga o‘tib oldi.

Shundan so‘ng kataloniyaliklar 11 daqiqa ichida 3 ta gol urib, oldinga o‘tib olishdi. Dastlab Ilkay Gyundogan va Pedri hisobni tenglashtirishgan bo‘lsa, 71-daqiqada Erik Bayi o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.

Uchrashuvning 84-daqiqasida "sariq suvosti kemasi" qarshi uyushtirdi va Gonsalu Gedesh muvozanatni tikladi.

O‘yinning 91-daqiqasida hakam «Vilyarreal» darvozasiga penalti belgiladi, ammo videotakrorni tomosha qilgach, o‘z qarorini bekor qildi.

"Barsa" umidida oldinga tashlanib himoyani unutib qo‘ydi. Buning oqibatida "Vilyarreal" 90+9 va 90+11-daqiqalarda ikkita gol urib, g‘alabani ilib ketdi.

Ispaniya La ligasi, 22-tur
Barselona – Vilyarreal 3:5 (0:1)
Gollar: 0:1 – 41 Jerar Moreno, 0:2 – 54 Axomash, 1:2 – 60 Gyundogan, 2:2 – 68 Pedri, 3:2 – 71, avtogol Bayi, 3:3 – 84 Gedesh, 3:4 – 90+9 Serlot, 3:5 – 90+11 Morales.
Barselona – Penya, Kunde, Kristensen (Kubarsi, 46), Arauxo, Fort (Joau Kanselu, 46), Gyundogan, Romeu (Pedri, 46), de Yong, Joau Feliks (Ferran Torres, 58), Yamal, Levandovski (Roke, 77).
Vilyarreal – Yorgensen, Femeniya (Moskera, 78), Bayi, Kuenka, Alberto Moreno (Mandi, 71), Aleks Baena (Kapu, 71), Koklen, Komesanya, Axomash (Gedesh, 58), Jerar Moreno (Morales, 78), Serlot.
Ogohlantirishlar: Aleks Baena (16), Romeu (33), Bayi (68), Levandovski (68), Xavi (69), Arauxo (89), Moskera (89), Kuenka (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:44, 28.01.2024.
O'qildi: 3255 marta.
Fikrlar: 85 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.