Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

«Andijon» Janubiy Koreya U-23 terma jamoasi bilan durang o‘ynadi

«Andijon» Janubiy Koreya U-23 terma jamoasi bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib borayotgan «Andijon» oldindan rejalashtirilganidek, 27 yanvar kuni dastlabki nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Raqib o‘tgan yili Osiyo o‘yinlari g‘olibi Janubiy Koreya U-23 terma jamoasi bo‘ldi.

Bellashuv Side shaharchasidagi «Emirxan sport kompleks» maydonida bo‘lib o‘tdi. Rosti, mazkur bellashuvga qiziqish ancha katta bo‘ldi. Boisi, o‘z yoshida qit’amizning yetakchi va g‘olib jamoasiga qarshi o‘yin boshqalarning ham e’tiborini o‘ziga tortmasdan qolmadi.

Bu «Andijon»ning Antaliya yig‘inidagi ilk o‘yini edi. Shuni va raqibning kuchli ekanligini inobatga oladigan bo‘lsak, futbolchilarimizning maydondagi harakatlariga ijobiylik belgisi sifatida baho berish mumkin. Har holda yomon taassurot qoldirishmadi. Bunday bahslarda natija muhim hisoblanmaydi. Jamoaviy o‘yinni shakllantirish birinchi «plan»ga chiqadi. Murabbiylar aynan shuning ustida ishlashyapti.

O‘yinda gol urish ikkala jamoaga ham nasib qilmadi. Natija esa adolatli. Chunki futbolchilarda golli vaziyatlar u qadar ko‘p bo‘lmadi. Ammo jamoamiz gol urishga juda yaqin kelgandi. Ayniqsa, ikkinchi bo‘limda Bektemir Abdumannonov xavfli reyd uyushtirib raqib jarima maydoni ichiga yorib kirgan holda yaqin masofadan yo‘llagan zarbasi shundoq darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi. O‘z navbatida raqiblar ham darvozamiz oldida ko‘p bo‘lmasada, ayrim pallalarda xavfli vaziyatlarni sodir etdilar. Darvozabonimiz mahorat ko‘rsatdi va himoyachimiz ham. Yana bir holatda esa darvoza ustuni goldan saqlab qoldi.

"Andijon" murabbiylari ikkala bo‘limda deyarli barcha futbolchilarni maydonga tushirdi va yigitlar ko‘rsatmalarga amal qilgan holda o‘yin tashkil qildilar. Jamoamiz bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov ham, Janubiy Koreya U-23 ustozi Sun Xon Xvang ham bellashuvni tribunadan diqqat bilan kuzatib bordilar.

«Andijon» keyingi uchrashuvini 1 fevral sanasida Rossiyaning nomdor klublaridan biri – SSKAga qarshi o‘tkazadi. Shunday ekan, navbatdagi uchrashuv ham yanada qiziqarli o‘tishiga shubha yo‘q.

«Andijon» – Janubiy Koreya U-23 – 0:0.
27 yanvar. Antaliya. «Emirxan sport kompleksi».
«Andijon»: Igor Litovka, Abduvohid G‘ulomov, Ildar Mamatkazin, Islom Mamatkazin, Sardor Azimov, Farhod Bekmurotov, Levan Arveladze, Sherzod Esanov, Farhod Sohibjonov, Bektemir Abdumannonov, Shahboz Erkinov.
Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Ilhom Abdug‘aniyev, Asilbek Aysarov, Muhammadkarim Toirov, Diyor Toirov, Vladimir Bubanya, Sunnatillo Abdullajonov, Armin Boshnyak, Izzatillo Abdurasulov, Asadbek Xabibullayev, Abubakir Rejabboyev.
Janubiy Koreya U-23 terma jamoasi: Shin Song Xon, Li Taye Sok, Seo Myung Guan, Cho Vi Je, Xvang Jaye Von, Xong Si Xo, Park Xyuin Bin, Xong Yun Sang, Li Kang Xi, Kang Seong Jin, Li Yung Jun.
Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Kim Jeong Xun, Kim Ryun Seong, Byun Jun So, Li Jaye Von, Li Jun JaYE, Ox Jaye Xyuk, Li Seung Von, Park Xo Min, Park Chang Van, Gox Yung Jun, An Jaye Jun.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 08:23, 28.01.2024.
O'qildi: 1760 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.