Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Og‘ir atletika: Parij-2024 olimpiadasiga yo‘l Toshkentdan boshlanadi

Og‘ir atletika: Parij-2024 olimpiadasiga yo‘l Toshkentdan boshlanadi

Baho:
+ | -

Joriy yilning 1–10 fevral kunlari poytaxtimizda og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.

Mazkur chempionatda Parij Olimpiadasining reyting ochkolari o‘ynaladi. Chempionatni har jihatdan yuqori saviyada tashkil etish borasida Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi va tegishli tashkilotlar tomonidan keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

"Parijda bo‘ladigan yozgi Olimpiya o‘yinlari reyting ochkolarini taqdim etadigan qit’a chempionatining yurtimizda tashkil etilayotgani o‘ziga xos voqelik, albatta. Musobaqalarda 34 ta mamlakatning 239 nafar sportchisi ishtirok etish talabnomalarini taqdim etgan. Musobaqalar poytaxtimizdagi «Yunusobod» sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Toshkent bahslarida bir necha bor Olimpiya o‘yinlari g‘olibligiga erishgan, jahon chempioni, Osiyo o‘yinlari sovrindori indoneziyalik Eko Yuli Iravan, Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, jahon chempioni, Osiyo o‘yinlari sovrindori qatarlik Fares Ibrahim, iste’dodli og‘ir atletikachilarimiz Akbar Jo‘rayev va Ruslan Nuriddinov kabi jahon og‘ir atletikasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan nomdor sportchilarning qatnashayotgani uning nufuzi nechog‘li yuqori ekanini ko‘rsatmoqda", — deydi O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Azamat Sharipov.

Mazkur qit’a chempionati bahslarini kuzatib borish uchun yurtimizga Xalqaro og‘ir atletika federasiyasi prezidenti Muhammad Hasan Jalud, Osiyo og‘ir atletika federasiyasi prezidenti Muhammad Yusuf Al Mana, shuningdek, bir qator davlatlarning sport tashkilotlari mutasaddilari, milliy og‘ir atletika federasiyalarining rahbarlari tashrif buyuradi.

Musobaqalarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish uchun turli xorijiy davlatlardan jurnalistlarning kelayotgani Toshkent musobaqalariga xalqaro maydonda qiziqish yuqori ekanidan dalolatdir.

Ma’lumot uchun, Osiyo chempionati oldidan tashkil etiladigan matbuot anjumani 1 fevral soat 17:00 da «Yunusobod» sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Og‘ir atletika federasiyasi matbuot xizmati

Manba: uzwf.uz
Kiritildi: 20:40, 29.01.2024.
O'qildi: 1534 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.