“Chelsi” hujumchisi Kristofer Nkunku 29-yanvar, dushanba kuni asosiy guruh bilan to‘liq mashg‘ulot o‘tkazdi, deya xabar bermoqda poytaxt klubi matbuot xizmati.
Shu tariqa, 26 yoshli forvard chorshanba kuni bo‘lib o‘tadigan Angliya Premyer-ligasining 22-turidan o‘rin olgan "Liverpul"ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, fransiyalik futbolchi son qismidagi jarohat tufayli bir oydan ortiq vaqt davomida maydonga tushmayapti.