Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

"Bavariya" bosh direktori: "Xavotirga o‘rin yo‘q, Tuxel biz bilan"

"Bavariya" bosh direktori: "Xavotirga o‘rin yo‘q, Tuxel biz bilan"

Baho:
+ | -

"Bavariya" bosh direktori Yan-Kristian Drezen Myunxen klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxelning avvalroq ispan futboli gigantlaridan biri bilan ishlash uni ruhlantirishini aytgan so‘zlariga javob qaytardi.

"Biz bunchalik asabiylashmasligimiz kerak. Murabbiy ishga qabul qilinganda, odatda, nafaqaga qadar davom etadigan shartnoma taklif qilinmaydi. Tomasning bunday deyishi men uchun mutlaqo normal holat. Qolaversa, u bu so‘zlarni bejiz aytdi, jurnalistlar va muxlislarning savollari bilan o‘tkazilgan ochiq sessiyada unga tegishli savol berildi. Bu vaziyat qanday qilib mutanosib ravishda buzilib ketganiga ko‘proq hayron bo‘ldim.

Tomas bu yerda katta ishtiyoq va energiya bilan ishlaydi. U biz bilan ma’lum cho‘qqilarni zabt etmoqchi, biz esa u bilan", - dedi Drezen.

Eslatib o‘tamiz, Tuxel "Bavariya"ni 2023 yilning martidan buyon boshqarib kelmoqda.

O‘tgan haftada "Barselona" bosh murabbiyi Xavi joriy mavsum yakunida jamoani tark etishini ma’lum qilgandi. Shundan so‘ng, Xavi o‘rniga Tuxel "ko‘k-anorranglilar"ni boshqarishi mumkinligi haqida mish-mishlar paydo bo‘ldi.

Kiritildi: 20:58, 30.01.2024.
O'qildi: 981 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик