Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 4-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem

Xavi ham "Inter Mayami"ga yo‘l olishi mumkin

Xavi ham "Inter Mayami"ga yo‘l olishi mumkin

Baho:
+ | -

Xavi mavsum oxirida "Barselona"ni tark etadi. Ispaniyalik jurnalistlar uning takliflar kamligidan shikoyat qilmasligiga shubha qilishmaydi. Xavi o‘z qarorini o‘tgan shanba kuni e’lon qildi.

Ispaniyalik murabbiyning ta’kidlashicha, bu "Vilyarreal"dan uchralgan mag‘lubiyat (3:5) emas, balki uzoqroq fikr yuritish natijasidir. U mavsum boshida bir qarorga kelishi kerak edi. Jurnalist Xavi Migel "El Chiringuito" dasturida Xavi kelajagi haqida gapirdi.

Ushbu jurnalist "Barselona"ning 44 yoshli murabbiyining do‘sti sanaladi. Unga ko‘ra, Xavi murabbiylik faoliyatiga qaytishga shoshilmaydi. Kelgusi mavsumda murabbiy o‘z kasbidan tanaffus qilmoqchi. U bu rejani amalga oshiradimi, bu boshqa savol.

Migelning ta’kidlashicha, Xavi bilan avvalroq "Inter Mayami" rahbarlari bog‘lanishgan. Florida klubi tezda "Barselona" bilan aloqasi bo‘lgan odamlarni o‘ziga jalb qilmoqda - u Lionel Messi, Serxio Buskets, Jordi Alba va oxirgi paytlarda Luis Suares bilan shartnoma imzoladi.

Bundan tashqari, "Inter" murabbiyi Xerardo Martino bo‘lib, u jamoani bir yil davomida Kataloniya poytaxtidan boshqargan. Migel qiziq taklif tushsa, Xavi buni qabul qilishiga ishonadi. Taklif MLSdan kelishi shart emas. "Barselona" ustozi Qatarda yaxshi xotiralarni qoldirdi. Shuningdek, Saudiya Arabistoni klublari uning holatini kuzatayotgani haqida xabarlar bor.

Kiritildi: 21:55, 30.01.2024.
O'qildi: 2852 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик