Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese 2-0 Lechche
07/12 18:00 Elche 3-0 Jirona
07/12 19:00 Brayton 1-1 Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari 1-0 Roma
07/12 20:15 Valensiya 1-1 Sevilya
07/12 21:30 Fulhem 1-2 Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio 1-1 Bolonya
07/12 22:30 Espanyol 1-0 Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli 2-1 Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid 0-2 Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa
09/12 00:45 Torino - Milan
09/12 01:00 Vulverhempton - Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna - Levante

Fyuri-Usik jangi 17 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. To‘qnashuv haqida ma’lumotlar

Fyuri-Usik jangi 17 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. To‘qnashuv haqida ma’lumotlar

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida 17 fevral kuni boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida mutlaq chempionlik uchun jang bo‘lib o‘tadi.

Super og‘ir vazn toifasida WBA Super, IBF, WBO va IBO kamarlari sohibi Oleksandr Usik va WBC chempioni Tayson Fyuri mutlaq jahon chempionligi uchun ringga ko‘tariladi. Oradan 25 yil o‘tgach, og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni paydo bo‘ladi. So‘nggi bor 1999 yilda Lennoks Lyuis Evander Holifildni mag‘lub etib, ushbu e’tirofga sazovor bo‘lgandi.

Usik va Fyuri bir necha yil oldin jang bo‘yicha kelishib olgandi va nihoyat ular ringda uchrashadigan bo‘ldi. So‘nggi bor Usik 2023 yilning avgust oyida Daniel Dyubuani texnik nokaut evaziga mag‘lub etgandi. Fyuri esa oktyabr oyida Frensis Ngannu ustidan hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongandi.

Turnir doirasida 8 ta jang bo‘lib o‘tadi. E’tiborli jihati, o‘zbekistonlik yengilmas bokschi Bahodir Jalolov (14-0) ham ushbu turnirda o‘z jangini o‘tkazadi. Xabarlarga ko‘ra, chernogoriyalik Dilan Prashovich Jalolovning raqibi bo‘ladi.

Joy — Saudiya Arabistonining Kingdom Arena stadioni. Aynan shu joyda Fyuri va Ngannu o‘rtasidagi jang bo‘lib o‘tgandi. Shuningdek, Dmitriy Bivol, Entoni Joshua va Deontey Uaylder o‘rtasidagi turnir ham Kingdom Arena’da o‘tkazilgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:43, 31.01.2024.
O'qildi: 1108 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.