Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK

Azar: "Boshidanoq bu klubga mos kelmasligimni bilardim"

Azar: "Boshidanoq bu klubga mos kelmasligimni bilardim"

Baho:
+ | -

"Real"ning sobiq qanot futbolchisi Eden Azar 2019 yilda "Santyago Bernabeu"ga o‘tishdan oldin "Los Blankos"ga mos kelmasligini oldindan bilganini tan oldi.

Eslatib o‘tamiz, Azar "Real Madrid" tarixidagi eng qimmat futbolchi hisoblanadi. Belgiyalik futbolchining transferi uchun klub 115 million yevro to‘lagan.

“Bolaligimda Zidan va “Real”ni yaqindan kuzatib borganman. Oq futbolkada boshqalarda bo‘lmagan o‘ziga xos joziba bor.

Boshidanoq bu klubga mos kelmasligimni bilardim. "Real Madrid" - maqtanchoq klub va men unday emasman.

Boshqa jamoalar bilan solishtirganda, men o‘ynagan futbolimizni ham yoqtirmasdim. Qanday bo‘lmasin, bu mening orzum edi. Faoliyatimni shu klubda o‘ynamasdan yakunlay olmasdim", - deya Azarning so‘zlarini keltiradi L’Equipe.

Eslatib o‘tamiz, Azar yozda “Real”ni tark etgan va keyin 32 yoshida faoliyatini yakunlagandi.

Kiritildi: 14:59, 03.02.2024.
O'qildi: 2272 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.