Risharlison "Everton"ga gol urganidan keyin muxlislardan uzr so‘radi.
"Tottenxem" hujumchisi "Everton"ga qarshi (1:1, birinchi bo‘lim) APLning 23-turi doirasidagi o‘yinning 4-daqiqasidayoq hisobni ochdi.
"Gudison Park"da 2018 yildan 2022 yilgacha o‘ynagan klubiga qarshi gol urganidan so‘ng, Risharlison qo‘llarini ko‘ksiga qo‘yib, oldinga egildi.
Eslatib o‘tamiz, braziliyalik futbolchi “Tottenxem” safida so‘nggi 4 ta o‘yinda 3 ta gol urgan.