Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Agar akademiya samarador bo‘lsa...

Agar akademiya samarador bo‘lsa...

Baho:
+ | -

Akademiyasi ortidan eng ko‘p pul topayotgan klublar: «Barselona» asosiy raqibi - «Real»dan ancha orqada, «Chelsi» kuchli beshlikda, «Benfika» esa yetakchi.

Kuchli uchlikda yana «Ayaks» va «Lion» ham bor. CIES Football Observatory (Xalqaro sport tadqiqotlari markazi) dunyo futbolidagi eng serdaromad 100ta akademiya reytingini shakllantirdi. Bunda 15-21 yosh oralig‘ida klub tizimida kamida 3 mavsum shug‘ullangan futbolchilarning transfer summasi hisobga olingan. Shuningdek, ro‘yxat oxirgi 10 yillik yuzasidan tuzilgan.

*** Umumiy jadvalda Portugaliya va Niderlandiya klublari yetakchi rolida. Angliyadan esa birdaniga 3ta klub kuchli 10talikka kirdi. Reytingning yuqori qismida boshqa biror mamlakatdan shuncha jamoa yo‘q. Umuman olganda, top-100 shaklidagi reytingda APLning 20ta ishtirokchisini ham ko‘rish mumkin. La Liga va Liga 1 esa 11tadan klubga ega. Keyingi ko‘rsatkichlar Italiya va Braziliya (9tadan klub), Argentina (8ta klub) hamda Germaniya (7ta klub) chempionatlariga tegishli.

*** Top-100da Ukraina («Shaxtyor» - 130 mln. yevro, «Dinamo» K. - 82 mln. yevro), Ekvador («Independyente del Valye» - 86 mln. yevro), Daniya («Kopengagen» - 81 mln.), Belgiya («Bryugge» - 72 mln. yevro, «Standart» - 72 mln. yevro), Shveysariya («Bazel» - 70 mln. yevro), Urugvay («Penyarol» - 68 mln. yevro), Xorvatiya («Xayduk» - 62 mln. yevro), Meksika («Pachuka» - 59 mln. yevro), Polsha («Lex» - 59 mln. yevro), Urugvay («Nasyonal» - 56 mln. yevro) va Serbiya («Partizan» - 55 mln. yevro) mamlakatlari vakillari ham bor. Rossiya klublari esa reytingdan tashqarida.

*** Oxirgi 10 yillikda atigi 8ta klub 30 nafar yoki ko‘proq tarbiyalanuvchisini sotgan. Transferlar soni bo‘yicha «Ayaks» oldinda - 36 nafar. «Inter» va «Roma»da kelishuvlar soni 1ta kam, «Atalanta» 34ta, «Lion» 32ta, «Sporting» 31ta, «Benfika» va «River Pleyt» 30tadan transferni amalga oshirgan.

*** 2014-2018 yillar oralig‘idagi ko‘rsatkich bo‘yicha peshqadam «Monako» (261 mln. yevro) yaqin ta’qibchisi «Sporting» (189 mln. yevro)dan yaqqol o‘zib ketgandi. Buni tushunish qiyin emas - Fransiya klubi o‘sha oraliqda birgina Kilian Mbappe uchun 180 million yevro olgandi.

*** 2019-2023 yillar ko‘rsatkichi borasida esa «Benfika» yaqqol peshqadam (335 mln. yevro). Keyingi yuqori natija «Chelsi»da - 307 mln. yevro). Portugaliya jamoasi Ruben Diashni 71 «limon», Joau Felishni 127 «limon»ga sotgan bo‘lsa, «Chelsi» Meyson Maunt uchun 64 million va Temmi Abraxam uchun 41 million olgan.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 08:04, 04.02.2024.
O'qildi: 3255 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик