Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

Sharhlovchi Otabek Jo‘rayev Zafarmurod Abdirahmatovdan uzr so‘ragan

Sharhlovchi Otabek Jo‘rayev Zafarmurod Abdirahmatovdan uzr so‘ragan

Baho:
+ | -

Osiyo kubogi chorak finalida Qatarga yutqazganimizdan so‘ng sharhlovchi Otabek Jo‘rayevning penaltini tepa olmagan Zafarmurod Abdirahmatovga nisbatan ishlatgan haqoratli so‘zlari butun OAVda tarqalgan edi. 

Biroq keyinchalik sharhlovchining o‘zi ushbu vaziyatga izoh berdi.  

"Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

So‘nggi chorak finaldan deyarli ikki kun o‘tdi. Stress qo‘yib yuborildi, hissiyotlar joyiga tushdi. Endi ishtirokimiz haqida o‘z fikrlarim bilan o‘rtoqlashsam bo‘ladi.

Ammo, bundan oldin menga eng muhim bo‘lgan narsaga e’tiborimni qaratmoqchiman. O‘sha o‘yindagi penaltini nazarda tutmoqdaman.

Avvalambor (!) men musulmonman. Alhamdulillah. Musulmon bo‘lib bu dunyoni tark etish nasib etsin. Amin. Va shu joyda men noto‘g‘ri ish qildim. Ehtimol, biror insonni, birodarimning dilini og‘ritdim.

Zafarmurod bilan aloqaga chiqdim. Uzr so‘radim. Masala yopildi. Qiyomatga qolmadi. Alhamdulillah. Mana endi o‘zimni yaxshi his qilmoqdaman.

Fursatdan foydalanib birodarlarimga, dindoshlarimga murojaat qilmoqchiman. Shayton bizni har kuni, har daqiqa, har soniya vasvasa qiladi. To‘g‘ri yo‘ldan adashmaylik. Bir-birimizga yordam beraylik va qo‘llab-quvvatlaylik. Zafarmurodni, qolganlarni ham "podderjka" qilaylik.

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh", – degan Otabek Jo‘rayev o‘z telegram kanalida. 

Manba: djuraevotabek
Kiritildi: 19:15, 05.02.2024.
O'qildi: 2402 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.